"Tilni bog'la dil bilan"

21-oktabr kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida bir guruh nuroniy kitobxonlar bilan birgalikda "21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan "Tilni bog'la dil bilan" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Bo'lib o'tgan davra suhbati davomida  milliy qadriyatlarimizni,tilimizni qadrlash,yosh avlodni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash to'g'risida so'z bordi.