21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan To‘rtko‘l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Axborot-kutubxona markazining kitoblar, Barkamol avlod bolalar maktabining milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, yosh rassomlarning ijod namunalari va 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining doira sadolari ostida boshlandi. Tantanali tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari A.Avezimbetov ochib berdi va so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘zladi.
A.Azatbayeva qoraqalpoq tilida, T.Norboyeva turkman tilida, N.Izdenbayeva qozoq tilida yurtdoshlarimizni bugungi tarixiy kun bilan tabrikladilar.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company