"Ijodkor bolalar"

Qoraqalpog'iston Respublikasi Bolalar kutubxonasi tomonidan "Kitobxonlik festivali" doirasida "Ijodkor bolalar" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.Ushbu tanlovda umumiy o'rta ta'lim maktablari tuman bosqichi g'olib o'quvchilari ishtirok etishdi.Tanlov yakuniga ko'ra To'rtko'l tuman 45-son umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi, To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan "Onajonim she'riyat" to'garagi a'zosi,faol kitobxon Munisa Mambetsoliyeva faxrli 1-o'rinni egalladi.Faol kitobxonimizni ma'muriyatimiz nomidan qutlab,unga omad tilab qolamiz!