"Moviy jomadon sayohati" loyihasi doirasida "Sehrli kitoblar mamlakati bo'ylab sayohat"

Bugun 11-noyabr kuni "Infolib-O'zbekiston 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida tasdiqlangan reja asosida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassis xodimlari bolajonlarda hozirdan kitobga mehr uyg'otish maqsadida tuman MMTBga qarashli 26-son DMTTga tashrif buyurishdi.Tashrif davomida kutubxona mutaxassislari "Moviy jomadon sayohati" loyihasi doirasida "Sehrli kitoblar mamlakati bo'ylab sayohat" mavzusida tarbiyalanuvchi bolajonlarga yangi kelgan ertak kitoblar asosida ertaklar o'qib berishdi.O'qib berilgan ertaklar hamda rango-rang rasmlarga ega ertak kitoblar bolajonlarda katta qiziqish uyg'otdi.