"Ibratli taqdir yoxud Ikrom Allamov hayotiga bir nazar"

Bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida "Infolib-O'zbekiston 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida,reja asosida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O'.Nurullayevaning yangi kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.Kitob "Ibratli taqdir yoxud Ikrom Allamov hayotiga bir nazar" deb nomlanib,shifokor I.Allamovning hayoti,uning ko'rgan-kechirganlari,qalamga olish qiyin bo'lgan mashaqqatlari haqida hikoya qiladi.Shuningdek,kitobda yaqinlarining shifokor haqidagi xotiralari ham bayon qilingan.Tadbirda shifokorning yaqin qarindoshlari,oila a'zolari,birga tahsil olgan do'stlari,hamkasblari hamda shogirdlari ishtirok qilishdi,ularning kitob qahramoni to'g'risidagi xotiralari tadbir qatnashchilarida katta taassurot uyg'otdi.Ushbu kitob haqida Qoraqalpog'iston Joqarg'i Kengesi deputatlari J.Settiyev,O'.Allaberganova,otinoyi N.Matniyazova hamda "Onajonim she'riyat" to'garagi a'zolari o'zlarining iliq fikrlarini bildirib o'tdilar.Tadbirda O'.Nurullayeva ham so'z oldi.Kechada qatnashgan barcha muallifni bu yutug'i bilan qizg'in tabrikladi.