"Kitobxon onalar kuni"

Har oyning 17-sanasida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan bugun faol kitobxon,erkin ijodkor,necha yillar mobaynida bolalar bog'chasida tarbiyachi sifatida faoliyat yuritgan va hozirda nafaqa gashtini nevaralar qurshovida o'tkazayotgan kitobxon ona-Qumrijon Allabergenova To'rtko'l TAKMga tashrif buyurdi.Tadbirda kitobxon ona ijodda, mehnat faoliyati va oilada bola tarbiyasida kitobning o'rni,ahamiyati hamda kitobga bo'lgan mehr va munosabati to'g'risida tadbir ishtirokchilariga so'zlab berdi.Tadbir mehmonining kitob va mutolaa to'g'risidagi fikr,mushohadalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.