Kutubxona bo'ylab sayohat

Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodning tafakkurini boyitish, bilim saviyasini oshirish va mustaqil fikrlash salohiyatini shakllantirishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Maktab ta’limida o'quvchilarda dars jarayoni bilan bir qatorda darsdan tashqari o‘qish faoliyatini rivojlantirish maqsadida bugun tuman 44-son umumta'lim maktabining bir guruh o'quvchilari ustozi rahbarligida kutubxonamizga tashrif buyurishdi.Kutubxona bo'ylab sayohat davomida maktab o'quvchilari kutubxona faoliyati,kitob fondi hamda o'lkashunoslik muzeyi bilan tanishib chiqdilar hamda kutubxonaga a'zo bo'lib,mutolaa uchun qiziqarli kitoblardan tanlab oldilar.