Bugun To’rtko’l tuman Axborot Kutubxona Markazida O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "To’rtko’lnoma" gazetasi muharriri O’g’iljon Nurullayevaning "Qalb javohiri" yangi kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob aynan nuroniy onaxon Amina Soburovaning xotiralari asosida yozilgan. Shuningdek kitobda qahramonimizning turmush o’rtog’i Bahodir(Boris) va qayn otasi Isoq akaning ko’p yillar tumanning yuksalishida xizmat qilgani yorqin bir dalillar asosida ko’rsatib berilgan. Taqdimotda Boris akaning safdoshlari, Amina onaning sinfdosh va kursdoshlari qatnashib o’zlarining shirin xotiralari bilan o’rtoqlashishdi. Shuning uchun ham inson aziz, xotirasi muqaddas deya bejizga aytilmagan. Taqdimotda muallif O’g’iljon Nurullayeva, kutubxona mutaxassisi, shoira Munavvara Yusupova, tumandagi "Orasta" ayol- qizlar yo’nalishi yetakchisi Xadicha Ibodullayeva, Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi deputati Jonibek Settiyev ham bu oila haqida iliq fikrlar bildirdilar. Taqdimotda "Onajonim she’riyat" to’garagi a’zolari ham qatnashdilar. Kitob qahramoni Amina Soburova va muallif O’.Nurullayeva tuman Axborot kutubxona Markaziga mazkur kitobdan 4 donani sovg'a qilishdi. Taqdimot chiroyli o’tdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company