Ma'rifatga bag'shida umr"

27 -Fevral kuni To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi bibliografi Karimova Sanobar To'rtko'l tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyrdi va maktab kutubxonachisi M. Abdukarimova bilan birgalikda jadid namoyondalaridan Munavvarqori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati haqida " Ma'rifatga bag'shida umr" mavzusida davra suhbati o'tkazishdi va shu nomda ko'rgazma tashkil qilindi. Shu maktabning huquq fani o'qituvchisi Jadra Artiqboyeva o'quvchilarga Munavvarqori Abdurashidxonov haqida batafsil ma'lumot berdi. Tadbirda bibliograf S. Karimova Munavvarqori Abdurashidxonov hayoti va ijodi to'g'risida ishlangan fotoal'bom bilan tanishtirdi. Tadbirda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob olishdi. Tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.