Nafosat, mehr, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksak pardalarda kuylagan, sadoqatli va matonatli o‘zbek ayoli timsoliga aylangan shoira Zulfiya Isroilova o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi. Buni uning ijodiga qayta-qayta murojaat qilinayotgani, xotirasiga bag‘ishlab adabiy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilayotgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 2-маrt kuni shoira tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab "Baxt va muhabbat kuychisi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazi va To'rtko'l tuman Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari hamda kutubxonachisi M.Abdukarimova bilan hamkorlikda o'tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Munavvara Yusupova qatnashdi va sheʼrlaridan o‘qib berdi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari ham Zulfiyaxonim sheʼrlaridan parchalar aytib berishdi. Shundan so‘ng maktab huquq fani o‘qituvchisi Jadra Artiqboyeva tomonidan berilgan Zulfiyaxonim hayoti,ijodi hamda ijodiy faoliyatiga oid savollar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.Tadbirni Axborot-kutubxona markazi bibliografi Sanobar Karimova olib bordi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company