Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda,bu o'z navbatida xalqimiz tarixiga, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasidir. Ushbu sana munosabat bilan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida Amir Temurning hayoti va faoliyati,buyuk sarkardalik mahorati, dono davlat boshqaruvi hamda bunyodkorlik ishlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar asosida “Kuch-adolatdadir” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Mazkur ko‘rgazmadan o'rin olgan adabiyotlarga bibliografik sharh berish orqali bibliograf S.Karimova kitobxonlarga buyuk sarkarda Amir Temurning ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik ishlariga qo'shgan hissasi hamda o'ziga xos boy tarixiy merosi haqida ma'lumotlar berib bormoqda.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company