"Jonajon o'lkam mening"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan bo'lib o'tayotgan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkaziladigan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlarini o'tkazish chora-tadbirlari ish rejasiga muvofiq Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan tuman MMTBga qarashli 16-son maktab o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.Bunda bibliograf S.Karimova "Jonajon o'lkam mening" mavzusida tashkil qilingan kitob ko'rgazmasidagi o'lkashunoslikka oid adabiyotlarga bibliografik sharh berib o'tdi.Tadbir davomida o'quvchilar o'zlari yod olgan Vatan haqidagi she'rlaridan parchalar o'qib berishdi.