"Bilimga yo'l kitobdan boshlanadi"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan bo'lib o'tayotgan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kunning ikkinchi yarmida Axborot-kutubxona markazida "Ibrat debate" loyihasining To'rtkol tumani koordinatori,"Onajonim she'riyat" klubi a'zosi, ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o'quvchisi Xalbayeva Bahoroy ishtirokida "Bilimga yo'l kitobdan boshlanadi" mavzusida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.Uchrashuvda Bahoroy tadbir ishtirokchilari bian o'zining kitobga do'st tutinib erishgan yutuqlari,ijod yo'lida kitobning o'rni haqidagi o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi hamda ijodidan namunalar o'qib berdi.Bunday yosh ijodkorlar bilan uchrashuv yoshlarda ijodga qiziqish uyg'otadi,ularni erkin fikrlashga va o'z qobiliyatlarini namoyon qilishga undaydi.