“Kitobxon onalar kuni”

VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida bugun “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Q.Yunusova bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.Tadbir davomida mehmonimiz o'z ijodi,faoliyati davomida hamda ilm olishda kitob mutolaasi va kitobxonlikning o'rni haqida gapirib o'tdi.Yana u o'z so'zida kitobxonlik - bu faqatgina hordiq chiqarish vositasi emas,balki inson kamolotining asosiy kaliti ekanligini ta'kidlab o'tdi,zero kitobxonlik-inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi eng muhim omildir.