Har bir millat, har elning tarixi bor

To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazida Kelajak markazi xodimlari bilan birgalikda Allayar Dosnazarov tavalludining 130 yilligiga bag'ishlab davra suhbati o'tkazildi.Davra suhbatida bibliograf S.Karimova Allayar Dosnazarovning Qoraqalpoq xalqi uchun qanday xizmatlari singanligi haqida tadbir ishtirokchilariga gapirib o'tdi."Har bir millat, har elning tarixi bor, shunga yarasha xalq tan olgan mardlari, qahramonlari, milliy timsoli bor.U katta minbarda botirlik bilan so'zga chiqib, qoraqalpoq degan xalqning o'z tili,milliy urf- odatlari,o'ziga yarasha milliy liboslari bor ekanligini birma-bir aytib beradi.U Kremlda qoraqalpoq tilida birinchi marta ma'ruza qilgan el azamatidir" deya ma'lumot berib o'tdi.