"O'zbek adabiyotining yirik va serqirra adibi" mavzusida kitob ko'rgazmasi

Bugun 10-iyun O'zbekiston Qahramoni,O'zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi,sevimli adib Said Ahmad tavallud topgan kun.Ushbu sana munosabati bilan bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi "Oq kabutar" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida adib ijodiga mansub adabiyotlar asosida "O'zbek adabiyotining yirik va serqirra adibi" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilishdi hamda oromgoh tarbiyalanuvchilariga ko'rgazmadan o'rin olgan "Ufq", "Jimjitlik" hamda "Qorako'z majnun" nomli adib asarlariga bibliografik sharh berishdi.Adib asarlari asosida berib o'tilgan sharhlar oromgoh tarbiyalanuvchilarida ushbu asarlar mutolaasiga katta qiziqish uyg'otdi.