"Bilimga yo'l kitobdan boshlanadi"

Yozgi ta’til — bolalar uchun eng maroqli va sermazmun davrlardan biridir. Bu vaqtni faqat dam olish bilan emas, balki foydali mashg‘ulotlar bilan ham o‘tkazish muhimdir. Shunday mashg‘ulotlardan biri kitob mutolaasidir.Buni inobatga olgan holda To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Oq kabutar" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida turli mavzulardagi qiziqarli adabiyotlar asosida ko'chma kutubxona tashkil qilingan bo'lib bugun kutubxona xodimlari oromgoh kutubxonachisi bilan birgalikda bolalarning dam olishini yanada maroqli va mazmunli o'tkazishlari uchun "Bilimga yo'l kitobdan boshlanadi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazishdi.Tadbir davomida oromgoh tarbiyalanuvchilariga yoz faslida tabiat va salqin bog‘ qo'ynida kitob mutolaa qilish insonga zavq bag‘ishlashi,yozgi ta’til kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun juda qulay imkoniyat ekanligi,bu davrda har bir bola o‘z qiziqishlariga mos kitoblarni tanlab,muntazam mutolaa qilishlari hamda kitob o‘qish orqali vaqtni unumli o‘tkazib,o'z bilimlarini boyitib borish mumkinligi ta'kidlab o'tildi.