Har yili 9- may "Xotira va qadrlash kuni" umumxalq bayrami,shuningdek,ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alaba kuni sifatida keng nishonlanadi.Shu sana munosabati bilan To'rtko'l tuman Axborot - kutubxona markazining o'quv zalida mutaxassislar M.Karimova va M.Qutlumuratovalar "Xotira bor ekan, millat barhayot"mavzusida davra suhbati o'tkazishdi.Davra suhbatida tumandagi 44-son maktabining bir guruh o'quvchilari ishtirok etishdi.O'quv zali mutaxassisi M.Karimova tadbir ishtirokchilariga kutubxonada mavjud Ulug' Vatan urushi qahramonlari haqidagi adabiyotlar to'g'risida ma'lumot berdi.Tadbir nihoyasida o'quvchilar kutubxona fondi bilan tanishib,kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company