"Oqila ayollar harakati"

Toʻrtkoʻl tumani axborot kutubxona markazi oʻquv zalida iqtidorli shoira, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, "Shuhrat" medali sohibasi Dilorom Ismoilova bilan "Onajonim sheʼriyat" toʻgaragi aʼzolarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman oila va xotin qizlar boʻlimi raisi İnobat Jumaboyeva, tuman "Oqila ayollar harakati" raisi Хadicha Ibodullayeva, Davlat tili masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi Gulyora Nazarova, "Toʻrtkoʻlnoma" gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Oʻgʻiljon Nurullayeva, "Onajonim sheʼriyat" toʻgaragining faol va iqtidorli aʼzolari ishtirokida yoshlar kuniga bagʻishlangan eng boqiy qadriyatlardan biri boʻlgan "Mening jonim onam, farishtam onam" mavzusidagi mushoira kechasi boʻlib oʻtdi.   Mushoira kechasida Dilorom Ismoilova ijodi haqida tuman axborot kutubxona markazi mutaxassisi, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, "Onajonim sheʼriyat" toʻgaragi rahbari Munavvara Yusupova toʻliq maʼlumot berdi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar, yoshlar oʻz ijodlari bilan boʻlishdilar. Tadbir yakunida D. Ismoilova oʻzining "Ona" nomli kitobini sovgʻa sifatida taqdim qildi va yosh ijodkorlarga omad tiladi.