Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish

Payshanba - yoshlar kuni munosabati bilan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi direktori U.Matniyazov "Oq kabutar" yozgi sog'lomlashtirish oromgohida bo'lib u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi.Uchrashuv mobaynida markaz rahbari tarbiyalanuvchi yoshlar bilan suhbatlashdi va suhbat mobaynida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda mutolaaning o'rni alohida ekanligi,kitob o'qish orqali yoshlar nafaqat bilim olish va o'rganishlari, balki bu orqali ma'naviy ozuqa olishlari mumkin ekanligini ta'kidlab o'tdi.Rahbarlar tomonidan tashkil qilinayotgan bunday uchrashuvlar yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish orqali kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.