Ona – oilaning qalbi, farzandning birinchi ustozi va hayot yo‘lini yorituvchi mehr chirog‘idir.Ayniqsa, kitobxon ona nafaqat o‘z bilimini boyitadi, balki farzandlarini ham ilm-ma’rifatga oshno etadi.Shuning uchun kitobxon onalar jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.Manashunday kitobxon onaxonlarimizdan biri ijodkor ayol,o'qituvchi,hozirgi kunda mehnat faxriysi S. Saburova bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, har oyning 17-sanasida o'tkazilib boriladigan "Kitobxon onalar kuni" tadbirining mehmoni bo'ldi. Tadbir davomida kitobxon onaxonimiz bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlangan bir paytda ham kitobning o‘rni beqiyos ekanligi,kitob insonni fikrlashga, tahlil qilishga va to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishi,kitobxon onalar esa ushbu qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi ma’naviyat targ‘ibotchilari ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.Tadbirda tumanimiz ijodkor ayollaridan M.Hamroyeva hamda A.Allabergenovalar ham ishtirok etdi
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company