“Yurtim jamoli” mavzusida davra suhbati

30-iyul kuni “Payshanba - yoshlar kuni” hamda “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori doirasida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida markaz rahbari va "CLASS MASTER" o'quv markazi yoshlari ishtirokida yoshlarda Vatanga bo'lgan mehrni yuksaltirish,tug'ilib o'sgan yurti to'g'risida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yurtim jamoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Qoraqalpog'iston tabiati,qishloq xo'jaligi,aholi turmush tarzi va bugungi kunda yaratilgan keng imkoniyatlar to'g'risida suhbatlashildi.