"Dunyolarni uyg’otgan daho"

Prezidentimizning farmoyishi bilan Respublikamizning barcha joylarida Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy tavalludining 1050 yilligi yil davomida keng nishonlanadi va nishonlanayapti. Shu munosabat bilan   To’rtko’l tuman Axborot Kutubxona Markazida ham "Dunyolarni uyg’otgan daho" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.   Tadbirda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi To’rtko’l tuman bo’linmasi rahbari Jonibek Settiyev, To’rtko’l tuman  Axborot Kutubxona markazi direktori Umrbek Matniyozov, tuman XTB ga qarashli 5 – son umumta’lim o’rta maktabining tarix fani o’qituvchisi Elbek Toshev, 7-son umumta’lim o’rta maktabining ma’naviy masalalari bo’yicha targ’ibotchisi Islom Babajanov va kitobxon o’quvchilar,”Onajonim she’riyat“ klubining iste’dodli yoshlari  qatnashdi. Davrani tuman axborot kutubxona markazi mutaxassisi, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Munavvara Yusupova olib bordi.Tadbirda  Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi To’rtko’l tuman bo’linmasi rahbari Jonibek Settiyev Abu Rayhon Beruniyning dunyo miqyosidagi ahamiyati, uning ilmiy salohiyati haqida to’lqinlanib gapirdi.Shundan keyin 5-son umumta’lim o’rta maktabining tarix fani o’qituvchisi Elbek Toshev, keksa pedagog Islom Babajanov hamda “Onajonim she’riyat“ klubining a’zosi O’g’iloy Aminovalar so’zladi va o’zining Beruniy boboga yozgan she’rini o’qib berdi.