"Prokuror va yoshlar uchrashuvi"

Yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson bo‘lib yetishishlari hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O.Xudoyshukurov nomidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan"Prokuror va yoshlar uchrashuvi" ham samimiy ruhda o‘tkazildi. Uchrashuv tuman madaniyat bo‘limi hamda 10-sonli umumta’lim maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan Ch.Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asari asosida kreativ uslubda tayyorlangan "MANQURT" sahnaviy dasturi premerasi hamda xushovoz xonandalarning konsert dasturi bilan davom etdi.Uchrashuv davomida o‘z tengdoshlari orasida yaxshi natijalarga erishgan bir qator iqtidorli yoshlar tuman prokuraturasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdrlandilar.To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislarining yangi kelgan adabiyotlardan ishlangan ko'rgazmasi tadbir qatnashchilarida qiziqish uyg'otib bir qancha yoshlar kutubxonaga a'zo bo'ldilar.