"O’zbek adabiy tilining otasi"

Respublikamizning barcha joylarida bo’lib o’tayotgani kabi To’rtko’l tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiy (1441-1501) bobomizning 585 yilligiga "O’zbek adabiy tilining otasi" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbatda Davlat tili masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Gulyora Nazarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari Sardor Sultanov, "Toshkent" MFY raisi Murot Matkarimov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Shirinoy Razzaqova, tuman bosh otinoyisi Olmaxon Xo‘janiyozova,Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-son,73-son maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, "Onajonim she’riyat" to‘garagining a’zolari ishtirok etdilar. Tadbirda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan yod aytilib,ijodkor bobolarimiz hikmatlaridagi ibratlarga ham to’xtaldi. Tadbirni shoira, kutubxona mutaxassisi Munavvara Yusupova olib bordi.Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.