"Navro'zni ulug'lash-insonni ulug'lashdir"

Bugun To'rtko'l tumanida Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab "Navro'zni ulug'lash-insonni ulug'lashdir" ezgu g'oyasi ostida bayram sayli bo'lib o'tdi.Bo'lib o'tgan ushbu bayram saylida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'zining "Xush kelding,Navro'z!" mavzusidagi kitob ko'rgazmasi hamda "Milliy qadriyatlar-ma'naviy poydevorimiz" mavzusidagi o'lkashunoslik muzeyi ko'rgazmalari bilan ishtirok etdi.Tashkil qilingan mazkur ko'rgazmalar bayram sayli ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.