Inson kamolotida mahalla,oila va kutubxonaning o‘rni

Inson kamolotida mahalla,oila va kutubxonaning o‘rni beqiyosdir.Ushbu uch maskan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,barkamol avlodni tarbiyalashda muhim vazifani bajaradi.Oila farzandning ilk tarbiya maskani bo‘lsa,mahalla uni jamiyatga moslashishga,yaxshi fazilatlarni egallashga yordam beradi.Kutubxona esa insonning bilim va tafakkurini boyitadigan ma'rifat maskani hisoblanadi.Ma'rifatli oilalardan biri hisoblangan Yoshlik MFYda istiqomat qiluvchi Pirmatovlar oilasi farzandlari kamoloti uchun yozgi ta'til davomida, muntazam ravishda farzandlari bilan birgalikda kutubxonaga tashrif buyurib, farzandlari qiziqishi asosida kitoblar tanlab olib mutolaa qilishmoqda.